Qochishingiz kerak bo’lgan kompaniyalarning turlari.

Lazizbek Ergashev
5 min readOct 4, 2022

Mamlakamatizda IT juda katta tezlikda o’sib bormoqda. Bu albatta quvonarli holat, ammo odamlarni yaxshi yomoni bo’lgani kabi, kompaniyalarning ham yaxshi yomoni mavjud. Maqolada yomon kompaniya o’rniga “toxic” (zaharli) kompaniya yoki “unhealthy” (nosog’lom) kompaniya iborasini ishlatishga qaror qildim. Bundan tashqari “red flag” (qizil bayroq) terminini ishlatganman, bu ehtiyot bo’lish kerak bo’lgan belgi degani.

Maqola yozilishidan asosiy maqsad, endi ishga kirgan odamlar quvonganidan ba’zi bir kompaniya jihatlariga ko’z yumadi, shu haqida ogohlantirish. Oldindan aytib o’tamanki maqoladagi toxic kompaniyalar belgilari aniq biron kompaniyaga qarata aytilmagan va muallifning subyektiv fikrlari va boshqa mutahasislar bilan suhbatlatlari xulosalari orqali tuzilgan.

Maqoladagi belgilar faqat IT kompaniyalar miqyosida yozilgan va boshqa sohalarga to’g’ri kelmasligi mumkin. Maqola oxirida kompaniya madaniyati haqida bilib olish bo’yicha shaxsiy lifehack’im keltirilgan. Bu maqola bir kunda va bir kishi tomonidan yozilib qo’yilmagan, bu maqola orqasida ko’p kishining mehnati, vaqti va xulosalari turibdi, shuning uchun uni diqqat bilan o’qib oxirida o’z izohlaringiz va siz uchragan red flaglarga misol keltirishingizni iltimos qilgan bo’lardik.

Unda boshladik !

Biz bir oilamiz. Bunday turdagi ibora juda ko’p kompaniyalar tomonidan ishlatiladi. Aslida bu gapning manosi biron muammoga duch kelsang yordam beramiz degani emas. Bu gapning asl manosi, ish soati tugaganidan keyin ishlashga “majbur” qilishimiz yoki dam olish kunlarida ham chaqirishimiz ham mumkin va sen bunga qarshi bo’lmaysan axir biz bir oilamiz-ku. Umumiy qilib aytganda, bu asosan kamroq pulga ko’proq ish qilishingga to’g’ri keladi degani bilan sinonim.

Aslida shuni unutmaslik kerakki, kompaniya hechqachon oila o’rnini bosolmaydi. Yo’q, bizaniki istisno deb o’ylamang iltimos, sizga bir misol keltirishim mumkin: Oila budjetiga hechqanday foyda keltirmasangiz, onangiz bugun sanga ovqat bermayman demaydilar. Ammo kompaniyaga foyda (nafaqat foyda, qiymat) keltirishdan to’xtasangiz, sizning kerakligiz bo’lmay qoladi ularga. Shuning uchun ham kompaniya oila emas, team sifatida o’zini identify qilsa yaxshiroq bo’ladi.

Micromanaging. Bunda sizning menejeringiz yoki boshlig’ingiz siz qilayotgan har bir ish va qadamni kuzatib yuradi. Bu mavzuda ko’p kishi bilan suhbat qildim. Bir kishi aytishi bo’yicha hattoki ba’zi bir kompaniya egalari o’zgaruvchi nomigacha qiziqarkan. Boshqa bir kishi aytishi bo’yicha stol ustida u narsa tursin, bu narsa turmasindeb tanbeh berisharkan. Bular ham albatta red flag.

Vazifa berish madaniyati yo’qligi. Kompaniyada va’zifa berish tizimi yaxshi tizimlashmagani, bunday joydan ishlashdan qochishga yana bir sabab bo’lishi mumkin. Bunday kompaniyalarda asosan “priority” to’g’ri qo’yilmagan bo’ladi va shuning hisobiga birdaniga yo’q joydan “srochni” vazifalar paydo bo’lib qoladi. Not Everything Can Be Urgent and Important All the Time

Rezyume shart emas. Rezyume shart emas == osonlikcha seni almashtirishimiz mumkin. Bunday holatda to'g'ri kelgan odamni osonlikcha ishga olishadi, va ishni darhol ertangi kundan boshlashingiz so'raladi. Bunday holatlarda ko'pincha vaqtinchalik ishlarini bitirishlari uchun ishga olayotgan bo'ladilar va katta ehtimol bilan bir ozdan so'ng bizga to'g'ri kelmadingiz deb haydaydilar.

Bunday kompaniyalarda shuni sezish mumkinki ular asosan bitta vacancy uchun tez tez yangi ishchilarni oladilar. Ishga olgandan keyin ularni o’sishlari haqida qayg’urmaydilar chunki tez orada barbir haydaydilar. Bunday holatda #lifehack ushbu kompaniya LinkedIn sahifasiga kirib, unda ishlagan ishchilar nechi oy / yil davomida ishlashganlarini kuzating. Iloji bo’lsa avvallari shu yerda ishlagan odam bilan bog’laning va bu yerdan ketgani / haydaganlarini sababini so’rang. Hamma ham aytmasligi mumkin, yoki yolg’on ma’lumot aytishi mumkin. Ammo 4–5 kishidan shunday qilib so’raganingizdan keyin, o’zingiz xulosa qilib bilasiz

Menejerlar ishchilar haqida yomon gaplar aytishi yoki G’iybat. Ishga kirganingizda menejerlar sizdan oldingi odam qanaqa yomon ekanligi haqida aytayotgan bo’lsa ishoning, sizdan keyingi odamga ham siz haqizda shunaqa deyishi mumkin. G’iybatga keladigan bo’lsak bu qachonki kimdir siz haqizda yomon fikrda bo’lsayu, sizni o’zingizga buni aymasdan boshqa odamga aytishi yoki menejerlarga aytishi. Bu katta ehtimol bilan kompaniya madaniyati yaxshi tuzilmaganligidan dalolat.

Part-time ishga olingan odamga full-time ishlaydigan odam kabi vazifa berish. Bunga meningcha ortiqcha izoh shartmas, bunday joydan shunchaki qochish kerak tamom. Istisno: agar bunga o’zingiz rozi bo’lgan bo’lsangiz, unda OK. Masalan kimdir o’qishi sababli kun davomida ishlolmasligi mumkin.

To’lov, aniq ma’suliyatlar va ish soatini yozma shartnomada aniq keltirilmaganligi. Bunday holatda sizga juda ham yomon bo’lishi mumkin, aniq soat / oylik / vazifalar keltirilmaganligi uchun keyinchalik sizni o’zlari xohlaganlariday “o’ynatish”lari mumkin.

Umidingiz bilan o’ynashib aktual oylik o’rniga potensial oylikka urg’u berish. Sizga hozir qancha oylik berishga tayyorliklarini aytishdan ko’ra X oydan keyin qancha oylik olishingiz mumkinligi haqida gapiradilar. Bunday holda siz qachondir o’sha oylikda ishlayman deb umid qilib arzon yoki bepul ishlayotganingizga ko’z yumasiz. Mayli buni hechqanday yomon joyi yo’q, agar o’sha X oy kelishidan 1 hafta oldin haydashlari mumkin ekanligini inobatga olsangiz. Ammo shunaqa kompaniyalar bor, faqat stajerlarni ishga olib Y oydan keyin eplab ketsang oylikka ishlashni boshlaymiz deyishadi. Ammo Y oyga 1 oy qolganida uni haydab, o’rniga boshqa stajer olishadi. Shunday qilib biznesni yuritishadi.

Kompaniya nomi yo’qligi yoki tez-tez o’zgarib turishi. Katta ehtimol bilan bu “moshennik” yoki stable oylik berolmaydigan kompaniya.

Tasklarni vaqtida tugatolmaganingiz uchun ishdan keyin ushlab qolinishi. Agar siz har hafta / kun vazifalarni vaqtida bajarolmayotgan bo’lsangiz katta ehtimol bilan bu proyekt menejerni xatosi yoki sizga shunday vazifalar berilganki siz uni “fizicheski” ulgirolmaysiz. Bunday holatda sizga ishdan qolib tugatib olishingiz aytiladi. Shunday holatda bir marta xo’p desangiz shuni bilingki bugun birinchi marta bundy qilayotganingiz emas, boshqa kunlar ham ushlab qolishadi. Do it once, it’s a favour. Do it twice, it’s your job (Bir marta qilsangiz bu yaxshilik, ikki marta qilsangiz bu sizning ishingiz).

Kompaniya sizning mutahasis sifatida rivojlanishingizga qiziqmasligi. Rivojlanish deganda bu yerda skill tarafdan rivojlanmayotganingiz na’zarda tutilmoqda. Agar kompaniya sizni rivojlantirmayotgan bo’lsa, bu kompaniyani tark etishingiz maqulroq, axir sizga invest (sarmoya) qilmayotgan kompaniyaga siz nimaga o’z vaqtingizni invest qilishingiz kerak?

Shaffoflikning mavjud emasligi. Toxic ish muhiti uchun asosiy qizil bayroq shaffoflikning yo’qligi hisoblanadi. Xodimlar o’zlari ishlayotgan kompaniya qanday ishlayotganligi va u qilayotgan ishi kompaniya miqyosida qanday ta’sir qilayotganini bilishi kerak. Shaffoflikning yo’qligi ishonchsizlikni keltirib chiqaradi va jamoa a’zolari o’zlarini muhim emasdek his qilishlari mumkin. Agar siz shaffoflik kam bo’lgan kompaniyada ishlayotgan bo’lsangiz, qilayotgan ishingiz kompaniya miqyosida qanday ahamiyatga egaligini bilishni xohlayotganingizni ayting. Agar kompaniya rad etsa, boshqa joydan qidirishni boshlash yaxshidir, chunki vaziyat yaxshilanishi dargumon.

Qilingan ishingiz tan olinmayotganligi. Yana bir qizil bayroq shuki, siz ishingiz uchun raxmat olmaysiz (oylik raxmat emas). Yaxshi menejerlar va ish beruvchilar har doim o’z jamoa a’zolarining mashaqqatli mehnatini ko’rib chiqish va biznes uchun qilgan ishlarini tan olish va mukofotlash uchun vaqt ajratishlari kerak. Chunki ishchi qilayotgan ishlari nazardan chetda qolib ketsa, bu vaqt o’tishi bilan uning motivatsiyasi o’chishiga sabab bo’ladi.

Ish va hayot balansi mavjudmasligi. Buni tekshirish uchun, kun oxirida ishchilarga diqqat bilan qarang. Agar ular ish tugaganidan keyin o’rinlaridan turib uyga ketmoqchi emasliklaridan bilsangiz bo’ladi. Xo’p ortiqcha ishlasalar nimasi yomon deyishingiz mumkin. Ammo shuni esdan chiqarmaslik kerakki, hayot faqat ham ishdan iborat emas, shuning uchun kompaniya sizni ish stolizga “bog’lab” qo’yishi, ishchining ishdan ko’ngli sovishga olib keladi (burnout). Bu biznesdan ham ko’ra sizga ko’proq zararli, chunki bizness istalgan payt sizni almashtirishi mumkin, ammo siz o’zizni almashtirolmaysiz.

The LifeHack

Maqolda oxirida qanaqa ayyorona savol berib kompaniya muhiti haqida ko’p narsani bilib olish haqida aytmoqchiman. Intervyuda beriladigan savol quyidagicha: “Kompaniya uchun ideal ishchi qanday bo’lishini menga tasvirlab berolasizmi?” Shu savolga javobni analiz qilsangiz, menga ishonavering, kompaniya madaniyati haqida ko’p narsa bilib olasiz. Agar ular tasvirlagan odam: har kun ertalab kelib kechgacha ishlaydigan, va evaziga hech narsa so’ramaydigan odam bo’lsa iloji boricha u yerdan qochib qoling.

Telegram kanalimizga qo’shiling.

Sign up to discover human stories that deepen your understanding of the world.

Free

Distraction-free reading. No ads.

Organize your knowledge with lists and highlights.

Tell your story. Find your audience.

Membership

Read member-only stories

Support writers you read most

Earn money for your writing

Listen to audio narrations

Read offline with the Medium app

--

--

Lazizbek Ergashev
Lazizbek Ergashev

Written by Lazizbek Ergashev

Software Engineer from Bukhara, Uzbekistan. Works @ danads.com

Responses (12)

Write a response